Ko‘ksaroyda Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ko‘ksaroyda Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Ko‘ksaroy qarorgohida 21 iyun kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib olgan.

Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarilgan. O‘zbekiston va Ozarbayjon madhiyalari yangragan.
Ko‘ksaroyda Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mamlakatlar yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tgan. Marosimda O‘zbekiston va Ozarbayjon rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirok etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.