«Menimcha, juda aqlli qaror» — Yuliy Yusupov

«Menimcha, juda aqlli qaror» — Yuliy Yusupov
Foto: Yuliy Yusupov
Taniqli iqtisodchi, bloger Yuliy Yusupov Qoraqalpog‘istonda konstitutsion o‘zgarishlar fonida yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirdi.

«Prezident Nukusdagi yig‘ilishda konstitutsiyadagi Qoraqalpog‘istonga oid moddalar o‘zgarishsiz qolishi kerakligini ta’kidladi. Menimcha, bu juda aqlli qaror bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston referendum orqali O‘zbekiston tarkibidan chiqishi mumkinligi haqida modda chindan ziddiyatli. Ammo bu moddani o‘zgartirish zarur ekani xotirjam muhokama qilib bo‘lmayotgan, u umuman kerak bo‘lmagan keskinlikni keltirib chiqargan bo‘lsa, yaxshisi bu savolni muhokamadan olib tashlay qolish kerak.

O‘z fikrini o‘tkazish uchun qaysarlik qilib turish to‘g‘ri ish bo‘lmasdi. Avvalgi prezident aynan shunday qilgan bo‘lardi
», deb yozdi Yusupov o‘z kanalida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.