Turkmaniston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Turkmaniston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14 iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida uni bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib olgan.

Uchrashuvdan so‘ng mehmon mamlakat delegatsiyasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan.

Serdar Berdimuhamedov majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.