Jizzaxda «Isuzu» va «Zil-130» o‘zaro to‘qnashib ketdi

Jizzaxda «Isuzu» va «Zil-130» o‘zaro to‘qnashib ketdi
8 avgust Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida, «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Z.N. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli hamda haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvida bo‘lgan «Zil-130» rusumli yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Natijada ikkala transport vositasi ham ag‘darilgan.

YTH natijasida «Isuzu» avtomobilining haydovchisiga hamda «Zil-130» rusumli avtomobilda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.