MIB aralashuvi bilan fuqaroning mablag‘i undirildi

MIB aralashuvi bilan fuqaroning mablag‘i undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 06.12.2021 yildagi qaroriga ko‘ra qarzdor “Story Profil-2020” MCHJdan undiruvchi Z.X foydasiga jami 12 mln 879 ming so‘m undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Navbahor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilib, MCHJga tegishli mol-mulklarga ta’qiq va hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalar qo‘yilgan.

Shundan so‘ng, MCHJ tomonidan fuqaroga qarzdorlik to‘liq to‘lab berilgan va ijro hujjati amalda tamomlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.