Mirziyoyev Ramatovni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirladi

Mirziyoyev Ramatovni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni mukofotlash bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarni, yirik bunyodkorlik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, tashabbuskorlik va tashkilotchilik fazilatlari bilan Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishga qo‘shayotgan katta hissasi, yosh avlodni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilbay Jumaniyazovich Ramatov \"Mehnat shuhrati\" ordeni bilan mukofotlansin”, - deyilgan hujjatda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.