Toshkent viloyatida tomorqasida ko‘p miqdorda kannabis yetishtirgan shaxs aniqlandi

Toshkent viloyatida tomorqasida ko‘p miqdorda kannabis yetishtirgan shaxs aniqlandi
Foto: Toshkent viloyati IIB
Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari va quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash davom etadi.

Xususan, Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan «Qora dori – 2022» (2-mavsum) doirasida Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida «Shirin» MFYda yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.R. daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs yashash xonadonida 6 kg marixuana (quruq va ho‘l holatdagi) giyohvandlik vositasini saqlab, 36 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab, yetishtirib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.