“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi

“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
Joriy yil 29 avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan mustaqillikning 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”shiori ostida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga bag‘ishlangan “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy festival ilk marotaba o‘tkazildi.
“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
Toshkent markaziy Eko bog‘ida tashkil etilgan ushbu tadbirda Adliya vazirligi mas’ullari, adliya organlari xodimlari, Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ko‘plab fuqarolar ishtirok etishdi.
“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
Adliya vazirligi mas’uli festivalni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi boshlandi. “Yoshlar” radiokanali hamda “Oriat dono” radiokanali ijodkorlari bilan hamkorlikda qiziqarli o‘yin va viktorinalar tashkil etildi.

Jumladan, “Yoshlar” radiokanali boshlovchilari tomonidan o‘tkazilgan viktorinada fuqarolar turli vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi, muammoli vaziyatlarga qanday huquqiy yechim topish bo‘yicha turli kazuslarga javob berishdi. Ushbu shartda ko‘plab fuqarolar ishtirok etib, o‘z bilimlari va hayotiy tajribalarini sinab ko‘rishdi. Faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alariga ega bo‘lishdi.
“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
Shuningdek, “Oriat dono” radiosida doimiy o‘tkaziladigan “Tavakkal” dasturi bugun ushbu tadbir orqali yurtdoshlarimiz ko‘z o‘ngida jonli ravishda tashkil qilindi. Unda ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, ishsizlik, ta’lim, sog‘liqni-saqlash, fuqarolik va mamlakatning har bir fuqarosi bilishi lozim bo‘lgan boshqa huquqlar va majburiyatlarga oid qiziqarli savollar berildi. Ishtirokchilar savollarga “To‘g‘ri” yoki “Noto‘g‘ri” deb javob berishdi. Viktorinada faol ishtirok etgan fuqarolar vazirlikning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
Festival “Eko bog‘”ga hordiq olish maqsadida kelgan fuqarolar uchun chinakam bayramga aylandi. Tadbirga taklif etilgan estrada xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Eng asosiysi yurtdoshlarimiz o‘zlarining huquqiy bilim darajalarini sinovdan o‘tkazishdi.
“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
Festivalda “Huquqiy maslahat” aksiyasi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari, notariuslar, advokatlar hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDYO va davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT xodimlari tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
“Adliya xalq orasida” festivali o‘tkazildi
Shuningdek, tadbir davomida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan yaratilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.