Samarqandda 2300 yillik harbiy istehkom topildi

Samarqandda 2300 yillik harbiy istehkom topildi
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidan miloddan avvalgi II-III asrga tegishli harbiy istehkom topildi.

Tuman hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tumanning Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan «Qo‘y tepa» tepaligi o‘rnidan miloddan avvalgi III-II asrga tegishli harbiy istehkom topilgan.
Samarqandda 2300 yillik harbiy istehkom topildi
Ayni paytda ushbu joyda italiyalik hamda samarqandlik arxeolog olimlar ilmiy ekspeditsiya olib bormoqda. Ilmiy qidiruv jarayonida olimlar hududdan qala devorlari, katta ko‘za, kosa, kichik xaykalcha, muxr kabi noyob topilmalar topishgan. Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu tarixiy ob’ekt tashqi dushmanlardan himoyalanuvchi harbiy istehkom bo‘lgan.
Samarqandda 2300 yillik harbiy istehkom topildi
Tuman hokimligi mutasaddilari ham qazilma ishlari olib borilayotgan hududda bo‘lib, olimlarga ilmiy qidiruv jarayonida zarur bo‘lgan moddiy-ma’naviy ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan. Jumladan, hokimlik tepalikni tashqi ta’sir, jumladan, yomg‘ir, qorlardan himoya qilish uchun tarixiy ob’ekt ustiga temir panjara o‘rnatib, ustini to‘liq yopib berishni o‘z zimmasiga olgan.
Samarqandda 2300 yillik harbiy istehkom topildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.