Surxondaryoda 14 yoshli bola mashina boshqarib tengdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Surxondaryoda 14 yoshli bola mashina boshqarib tengdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 9 oktabr kuni soat 1:00 larda Sho‘rchi tumani hududidan o‘tgan yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

14 yoshli bola va uning qarindoshi Nexia mashinasi bilan Sho‘rchi tumani Yoshg‘ayrat mahallasi hududida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda, mashinada bo‘lgan 2014 yilda tug‘ilgan bola og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Surxondaryoda 14 yoshli bola mashina boshqarib tengdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Qayd etilishicha, viloyat IIB YHXB va Sho‘rchi tumani IIB YHXB xodimlari ishtirokida bolalar ta’lim olgan maktabda hodisa yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Muhokamada o‘quvchilarning transport vositalarini boshqarishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi tushuntirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.