Farg‘onada yuk mashinasi uyni buzib kirib ketdi

Farg‘onada yuk mashinasi uyni buzib kirib ketdi
Foto:FVV
Bugun, 18 oktabr erta tongda Farg‘onada yuk mashinasi ishtirokida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

Farg‘ona xalqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan «HOWO» rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida shu ko‘chada joylashgan aholi yashash uylaridan biriga borib urilgan.

Voqea joyiga qisqa vaqt ichida FVB qutqaruv guruhi yetib borib, haydovchini yuk avtomobilidan chiqarib olishda amaliy hamda zaruriy birinchi yordam ko‘rsatgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida uyga zarar yetgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.