Mirziyoyevga Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi

Mirziyoyevga Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Maxtamquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi.
Mirziyoyevga Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga rasmiy tashrifi doirasida Mahtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Prezidentimizga ushbu universitetning Faxriy professori unvonini berish marosimi bo‘ldi. Universitet rektori Bayramgul Orazdurdiyeva va Turkmaniston Fanlar akademiyasi prezidenti Allaberdi Ashirov Shavkat Mirziyoyevga Faxriy professor libosi va tegishli unvon berilgani to‘g‘risidagi sertifikatni tantanali topshirishdi.

Ma’lumot uchun, Turkmaniston davlat universiteti mamlakatning birinchi va eng yirik universiteti. U 1931 yilda ochilgan Ashxobod pedagogik instituti negizida tashkil etilgan. Bu yerda faoliyat yuritayotgan 12 ta – matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, turkman va xorijiy tillar, axborot texnologiyalari va huquqshunoslik fakultetlarida 7 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.

Esaltib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.