Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga qanday ayblovlar qoʻyilgani ma'lum boʻldi

Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga qanday ayblovlar qoʻyilgani ma'lum boʻldi
Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Ayblanuvchilar orasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boʻlimi boshligʻi ham bor.
Nukus voqealarida aybdor deb topilganlar yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

Unga koʻra: 1979 yilda tugʻilgan Dauletmurat Tajimuratov – ishtirokchilikda qasddan badanga ogʻir shikast etkazish (JK 28,104-moddasi), Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish ( JK 159-moddasi), oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish (167-modda), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (243-moddasi), ommaviy tartibsizliklar (244-moddasi), jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish (244-1-moddasi) jinoyatlarini sodir etishda ayblanmoqda.
Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga qanday ayblovlar qoʻyilgani ma'lum boʻldi
1989 yilda tugʻilgan, «Makan» internet-nashri ma'muri Lolagul Kallixanova esa Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi, 159-moddasi, 244- va 244-1-moddasida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir qilishda ayblanmoqda.
Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga qanday ayblovlar qoʻyilgani ma'lum boʻldi
Ayblanuvchilar orasida 45 yoshli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boʻlimi boshligʻi Poʻlat Shamshetov ham bor. U Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan «qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qoʻrqitib shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatish, qirgʻin solish, oʻt qoʻyish, mulkka shikast etkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish»da ayblanmoqda.
Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga qanday ayblovlar qoʻyilgani ma'lum boʻldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.