Toshkentda yangi do‘kon ochilishiga yuzlab odamlar to‘plandi (video)

Toshkentda yangi do‘kon ochilishiga yuzlab odamlar to‘plandi (video)
Skrin: Telegram
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 24 dekabr kuni kiyim do‘koni ochilishida yuzlab odamlar to‘plandi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qoratosh dahasida yangi do‘kon ochilishi munosabati bilan aksiya e’lon qilingani sababli ko‘plab fuqarolar to‘plangani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Mazkur hududda jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari jalb qilingan bo‘lib, vaziyat nazoratga olingan. Keyinchalik yig‘ilgan odamlar tarqatilib, hududda xavfsizlik ta’minlangan.

«Hurmatli fuqarolar, yangi do‘kon ochilishida va arzonlashtirilgan aksiyalar e’lon qilinganda jamoat tartibiga rioya qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.