Bahodir Hodiyev TDIU rektori bo‘ldi

Bahodir Hodiyev TDIU rektori bo‘ldi
Bahodir Hodiev TDIU rektori bo‘ldi

Bahodir Hodiev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

2015 yil iyulidan Bahodir Hodiev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport kompleksi rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Bundan avvalroq esa — 2014 yil aprelidan u Prezidentning ilm-fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, unga qadar — 2010 yil martidan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, ungacha xuddi shu OTM — TDIU rektori vazifalarida ishlagan.

Bugungi kungacha TDIU rektori vazifasini Mahmudjon Boltaboyev bajarib kelayotgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.