Prezident Jahongir Ortiqxoʻjaevni ishdan boʻshatdi

Prezident Jahongir Ortiqxoʻjaevni ishdan boʻshatdi
Prezident huzurida energiya resurslari ta'minoti yuzasidan yigʻilish boshlandi.

\"Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan oʻtkazayapman\", - dedi davlatimiz rahbari.

Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol koʻrsatib qoʻygani ta'kidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.

Vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun bugun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjaev lavozimidan ozod etildi.

Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini oʻrganish topshirildi.

«Issiqlik elektr stantsiyalari» aktsiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.