Unutilgan kartadan 11 mln so‘mni kim yechib olgani ma’lum bo‘ldi

Buxoro viloyatining Kogon tumanida istiqomat qiluvchi A.M. IIBga ariza bilan murojaat qildi. Arzga ko‘ra, u o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini yo‘qotib qo‘ygan, shu kunning o‘zida bank kartasidan 11 242 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan yechib olingan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pulni yechib olgan shaxs aniqlangan — u shu tumanda yashovchi S.M. (1994 y.t.) bo‘lib chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi dorixonada xaridni amalga oshirib, kartasini unutib qoldirgan, bank kartasi pin-kod raqamini eslab qolgan S.M. esa fursatni boy bermay kartadagi pullarni o‘zlashtirib olgan.
S.M.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pulni yechib olgan shaxs aniqlangan — u shu tumanda yashovchi S.M. (1994 y.t.) bo‘lib chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi dorixonada xaridni amalga oshirib, kartasini unutib qoldirgan, bank kartasi pin-kod raqamini eslab qolgan S.M. esa fursatni boy bermay kartadagi pullarni o‘zlashtirib olgan.
S.M.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













