Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib bordi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga yetib bordi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Manas» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib bordi (foto)
Bu yerda davlat rahbarlariga O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni tarannum etuvchi musiqiy-folklor chiqishlar namoyish etildi.

So‘ng O‘zbekiston prezidenti Qirg‘iziston bosh vaziri Akilbek Japarov hamrohligida «Ata-Beyit» milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib bordi (foto)
O‘zbekiston rahbari 1916 yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan «Urkun» yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.

Majmua 2000 yilda qirg‘iz davlatchiligining eng muhim bosqichlari haqidagi tarixiy xotirani tiklash va asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan. Qirg‘iz xalqining ulug‘ yozuvchisi Chingiz Aytmatov taklifi bilan yodgorlikka «Ata-Beyit» – «Otalar qabri» degan nom berilgan.
Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib bordi (foto)
Davlat tashrifining asosiy tadbirlari ertaga, 27 yanvar kuniga mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.