Shveysariyadagi "millionerlar qishlog‘i" qochqinlarni qabul qilish o‘rniga pul to‘laydigan bo‘ldi


Shveysariyadagi 2,2 ming aholiga ega Obervil-Lili kommunasi o‘zida 10 nafar suriyalik qochqinni qabul qilishni rad etdi, deb xabar bermoqda \"Kun\" nashri.
Buning o‘rniga mahalliy aholi 300 ming dolllar jarima to‘lash istagini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, qishloqda 300 nafar millioner bor.
Aholining bunday qaror qabul qilishiga ularning muhojirlar qandaydir yo‘l bilan qishloqlari qiyofasiga ziyon etkazmasliklarini istayotganlari bilan uqdirilgan.
Evrokomissiyaning qaroriga ko‘ra, Shveysariya hukumati mamlakatda 3 ming muhojirni qabul qilishi kerak.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













