Qashqadaryoda «BMW» va «Damas» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2023 yil 18 fevral kuni soat taxminan 19:40larda, davlat ahamiyatidagi «Kitob-Shahrisabz» avtomobil yo‘lining 5 km.da YTH sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi S.T. boshqaruvida bo‘lgan «BMW» rusumli avtomobilini Shahrisabz shahar Istiqlol ko‘chasidan, Ipak yo‘li ko‘chasining «Arabon» buyum bozori ro‘parasidagi kesishgan chorraha tomon boshqarib borib ro‘parasidan qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, haydovchi K.L. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomobilining harakat yo‘liga chiqib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada «Damas» rusumli avtomobilida yo‘lovchi sifatida kelayotgan A.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.













