Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan 55 yoshli erkak qamog‘ga olindi

Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan 55 yoshli erkak qamog‘ga olindi
Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan 55 yoshli erkak qamog‘ga olindi
Foto: Telegram / “Nemolchi.uz”
Toshkentda 55 yoshli erkak ko‘p qavatli uy pod’ezdida 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
 
Rasmiy xabarga ko‘ra, 7 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda 1968 yilda tug‘ilgan X.A. Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida voyaga yetmagan, 2015 yilda tug‘ilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
 
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.