Avstraliyada noyob daraxt kengurusi tug‘ildi

Avstraliyada noyob daraxt kengurusi tug‘ildi
Avstraliyada noyob daraxt kengurusi tug‘ildi

Avstraliyaning Pert hayvonot bog‘ida noyob daraxt kengurusi (Gudfellou kengurusi) tug‘ildi. \"Kun\" nashrining ma’lum qilishicha, hayvonot bog‘i uchun bu kengurucha 36 yil ichidagi birinchi Gudfellou kengurusi bo‘ldi.

Bu kenguruning vatani Papua-Yangi Gvineya hisoblanadi. Ayni vaqtda ularni ko‘paytirish dasturi bo‘yicha bor-yo‘g‘i 15 ta erkak kenguru bor bo‘lib, Pertda tug‘ilgan kengurucha ham ular orasiga kiradi.

Kengurucha yarim yil avval tug‘ilgan, biroq uni endigina namoyish qilishdi. Hayvonot bog‘ida aytilishicha, u onasining xaltasini tark etmoqda va mustaqil bo‘la boshlamoqda.

Kenguru bolaning tug‘ilishini juda sinchkovlik bilan kuzatishgan. Jumladan, uning onasi xaltasi kichkina kamera bilan o‘rganilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.