To‘rt yigit Kattaqo‘rg‘on suv omborida cho‘kib ketdi

To‘rt yigit Kattaqo‘rg‘on suv omborida cho‘kib ketdi

To‘rt yigit Kattaqo‘rg‘on suv omborida cho‘kib ketdi
Foto: Zarnews

30 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida 4 nafar yigit cho‘kib ketgani aniqlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida yashovchi 7 yigit Samarqand viloyatiga — Nurobod tumani Po‘lat mahallasida yashovchi tanishi M.M.ning tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida borgan. Shu kuni soat taxminan 17:30 atrofida mahalladan o‘tuvchi Kattaqo‘rg‘on suv omboriga cho‘milish maqsadida borishgan.

U yerda bo‘lgan qayiq bilan suv omborining qirg‘og‘idan taxminan 40 metr uzoqlikka suzib borishgan. Suratga tushmoqchi bo‘lishganida tartibsiz harakatlar qilishgani sababli muvozanatni yo‘qotib, qayiq ag‘darilib ketgan. Natijada ularning 4 nafari — 21, 25, 22 va 21 yoshli yigitlar cho‘kib ketgan, 3 nafari qirg‘oqqa suzib chiqa olgan.

Olib borilgan qutqaruv ishlari davomida bir kishi — 21 yoshli O.E.ning murdasi topilgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Vafot etganlardan ikki nafari Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tibbiyot texnikumida o‘qigan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.