Toshkent viloyatida yana ikkita rahbar ishdan olindi

Toshkent viloyatida Bekobod va Zangiota tumani hokimlari ishdan bo‘shatildi. Bunga ularning o‘z istagiga ko‘ra yozgan arizalari sabab bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2 avgust kuni Zangiota tumani hokimi Abdivahob Tamiqayev va Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev o‘z lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida ariza yozgan.
Eslatib o‘tamiz, 2 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida tanqidiy videselektor o‘tkazgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













