Buxoroda bog‘cha mudirasi 25 nafar bolani o‘z Spark'ida olib ketayotganida to‘xtatildi

Buxoroda bog‘cha mudirasi 25 nafar bolani o‘z Spark'ida olib ketayotganida to‘xtatildi

Kadr: Telegram

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida bog‘cha mudirasi 25 nafar bolani o‘z Spark’ida olib ketayotganida to‘xtatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektorlari yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi o‘rganishlar vaqtida aniqlangan. G‘ijduvon tumanidagi magistral yo‘lda harakatlanib ketayotgan Spark to‘xtatilib, tekshirilgan.

Rul boshqaruvida bo‘lgan haydovchi ayol bir nechta bolani mindirib olgani aniqlandi. Bolalar 25 nafar ekani ma’lum bo‘lgan. Xususiy bog‘chada ishlovchi ushbu ayol o‘z bog‘chasidagi bolalarni shu tarzda uyigacha olib borib berishini aytgan. U bu kabi holat birinchi marta bo‘layotganini ta’kidlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.