O‘zbek tilim - iftixorim

O‘zbek tilim - iftixorim

Bugun halqimiz uchun qutlug‘ sana, quvonchli ayyom. Mamlakatimizda o‘zbek tili bayrami  kuni ko‘tarinki ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tumanda joylashgan 192-sonli maktabda o‘tkazilgan “Tilga e’tibor - dilga e’tibor” deb nomlangan tadbirda ishtirok etildi.

Tadbir davlatimiz madhiyasi bilan ochilgan xolda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar hamda raqslar ijro etildi.

Maktabda tashkil etilgan “Manguberdi avlodlari” harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiya olayotgan o‘quvchilarning chiqishlari qiziqarli harbiy ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zbek adiblarining o‘zbek tili rivoji uchun bitgan asarlari, g‘azallari va sahna ko‘rinishlari nomoyon etildi.

Uchrashuv qatnashchilari va a’lochi o‘quvchilarga byuro xodimlari tomonidan o‘zbek adiblarining kitoblari esdalik uchun sovg‘a qilib topshirildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.