Aliment sabab, farzandidan uzoqlashayotgan otalar...

Aliment sabab, farzandidan uzoqlashayotgan otalar...

Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlarini undirish, voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish borasidagi tadbirlar davomida farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan qarzdor otalar izlab topilmoqda.

Jumladan, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan 2023 yil 24-26 oktyabr kunlari Qibray tumanida alimentdan qarzdorligi 20 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan 101 nafar shaxsga nisbatan tezkor-qidiruv ishlari olib borildi.

Sud ushbu tadbirda topilgan qarzdorlarning 33 nafariga nisbatan MJtKning 47-4-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgiladi, 3 nafariga esa JKning 122-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Hozirda qolgan qarzdorlar bo‘yicha tezkor qidiruv ishlari olib borilmokda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.