Samarqandda Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Samarqandda Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Bugun, 2 noyabr kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Fransiya yetakchisini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi.

\"\"

\"\"

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan tantanali yurib o‘tdi.

\"\"

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

\"\"

\"\"

\"\"

\"\"

So‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

\"\"

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.