Italiya prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali ravishda kutib olindi

Italiya prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali ravishda kutib olindi
Italiya prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali ravishda kutib olindi
Foto: Prezident matbuot xizmati

10 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya prezidenti Serjio Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

\"\"

\"\"

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Italiya prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini O‘zbekiston prezidenti va rafiqasi qarshi oldi.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

\"\"

\"\"

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

\"\"

\"\"

\"\"

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.