Qatar O‘zbekistonda yo‘l qurish sohasida loyihalarni amalga oshiradi

Qatar O‘zbekistonda yo‘l qurish sohasida loyihalarni amalga oshiradi

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Qatarning Rower International Holding bosh ijrochi direktori o‘rinbosari Moris Gattas va ushbu kompaniya tarkibiga kiruvchi USS Holding rahbari Muhammad Sabri bilan muzokaralar o‘tkazdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston prezidentining Qatarga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida Rower International Holding kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Rower International Holding, USS Holding va Assets Grour kompaniyalari rahbarlarining O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Qatar O‘zbekistonda yo‘l qurish sohasida loyihalarni amalga oshiradi

Tashrifning asosiy maqsadi Rower International Holding kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda yo‘l, ko‘ptarmoqli shifoxona majmuasini barpo etish, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida mehmonxonalar qurish, Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda qayta tiklanuvchi energiya sohasida loyihalarni amalga oshirish ishlarini boshlashdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, joriy noyabr oyida Toshkent shahrida Rower International Holding kompaniyasining ofisi ochilishi rejalashtirilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.