Toshkentda sudyalik lavozimiga tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkentda sudyalik lavozimiga tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Hayitova Adiba G‘ofurovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Hakimov Azimjon Egamberdiyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Rozimov Shoxabbaz Xudayberganovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Turg‘unov Alisher Abror o‘g‘li – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Hojimurodov Jasur Jahongirovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.