Toshkentda uchta xotiniga ham aliment to‘lamay yurgan erkak qo‘lga olindi

Toshkentda uchta xotiniga ham aliment to‘lamay yurgan erkak qo‘lga olindi

Foto: MIB axborot xizmati

Toshkent shahar Yashnobod tumanida uch nafar xotiniga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lamay yurgan erkak ushlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limida 3 nafar ayollar foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan K.S.ga nisbatan ijro ishi borligi aniqlangan.

Majburiyatini bajarmasdan, aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan otaga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.