Toshkentda Kia bilan to‘qnashgan Malibu ag‘darilib ketdi

Toshkentda Kia bilan to‘qnashgan Malibu ag‘darilib ketdi
Kadr: Telegram
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Kia bilan to‘qnashgan Malibu ag‘darilib ketdi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, hodisa 27 yanvar kuni soat 21:00 larda Shayxontohur tumani Ko‘kcha darvoza ko‘chasi Mumtoz to‘yxonasi qarshisida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan F.R. boshqaruvida bo‘lgan Kia hamda davlat raqami Malibu 2 (haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Malibu 2 rusumli avtomashinasi haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.