Toshkent viloyatidagi avtomobillar gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi

Toshkent viloyatidagi avtomobillar gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi
Toshkent viloyatidagi avtomobillar gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi

Toshkent viloyatining Ozodbosh qo‘rg‘onidagi avtomobillar gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida berilgan ma’lumotga asoslanib Daryo xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlangan shaxslar haqida aniq ma’lumot yo‘q. Hodisa oqibatida ikki Damas va ikki Lacetti avtomobiliga zarar etgani aytilmoqda.

Xabar berishlaricha, portlash shoxobchaga kirgan Damas’lardan birining gaz-ballon uskunasi bosimga dosh bera olmagani oqibatida yuz bergan.

Ushbu hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilgani yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.