Quva tumanida ota aliment o‘rniga farzandiga uy olib berdi

Quva tumanida ota aliment o‘rniga farzandiga uy olib berdi
Fukarolik ishlari buyicha Fargona tumanlararo sudining 2020 yil noyabr oyidagi sud buyrug‘iga asosan J.J.dan J.U. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi hujjat ijroga yo‘naltirilgan.

MIBning Quva tuman bo‘limi hujjat ijrosini muddatidan oldin tugatgan. Sababi, tumanda yashovchi J.J. sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib, farzandlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda aliment to‘lovlari evaziga uy-joy beradigan bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash tartibi tushuntirilib, Fargona shaxridagi A.Kodiriy kuchaasida joylashgan uyning hujjatlari notarial tartibda rasmiylashtirilib berilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.