Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.O‘. fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, uni 3 ming dollar evaziga tanishlari yordamida Qozog‘istondagi universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan. Keyinchalik o‘qishini Samarqand tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishini aytib, oldindan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.