Spark avtomashinasi bank krediti sabab sotildi

Spark avtomashinasi bank krediti sabab sotildi
Mirzo Ulug‘bek tuman Davlat notarial idorasining ijro xatiga asosan, qarzdor M.Sh.dan undiruvchi ATB \"Kapitalbank\" foydasiga 124 mln. 905 ming so‘m undirish, undiruvni \"Spark\" rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi J.Nigmonxojayev tomonidan qarzdor fuqaroga dastlab bank oldidagi kredit qarzini so‘ndirish yuzasidan qonun talabi asosida ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, ixtiyoriy muddatda fuqaro tomonidan qarzdorlik qoplanmaganidan so‘ng, garovga qo‘yilgan avtoulov auksion savdolariga chiqarilgan.

Auksion savdolarida sotilgan \"Spark\" dan kelib tushgan pul mablag‘lari bank foydasiga yo‘naltirilib, mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.