Andijonda qabr qaziyotgan fuqaroni tuproq bosib qoldi

Andijonda qabr qaziyotgan fuqaroni tuproq bosib qoldi
Foto: FVV matbuot xizmati
Andijon viloyatining Xonobod shahridagi qabristonda qabr qaziyotgan fuqaroni tuproq bosib qoldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

15 may kuni soat 09:11 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolganli to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.
Andijonda qabr qaziyotgan fuqaroni tuproq bosib qoldi
Foto: FVV matbuot xizmati
Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.