Toshkent viloyatida ayollar o‘zaro janjallashdi

Toshkent viloyatida ayollar o‘zaro janjallashdi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqda Olmaliqda ayollar guruh bo‘lib janjallashayotgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holatda Olmaliq shahrining “Toshkent” MFY hududida joylashgan, chiqindi to‘plash maskani yonida, Lo‘li elatiga mansub bir nechta ayollar o‘zaro tortishib janjallashgan.

Janjal shu vaqtning o‘zida hududiy profilaktika inspektori va mahalla xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Voqea yuzasidan sodir etilgan huquqbuzarlikka oid ish hujjatlari to‘planib sudga taqdim etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.