Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi

Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi
Foto: nova24.uz
Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi. Numbeo reytingida O‘zbekiston poytaxti 181 ta shahar ichida 8-o‘rinni egalladi.

Qayd qilinishicha, Toshkentda taksida 1 km masofaga borish narxi 0,3 dollarga (≈3800 so‘m) teng (taqqoslash oson bo‘lishi uchun narxlar AQSH dollarida keltirilgan).

MDH mamlakatlari shaharlari orasida eng past tariflar Novosibirsk (Rossiya, 0,22 dollar), Bishkek (Qirg‘iziston, 0,29 dollar), Odessa va Kiyevda (Ukraina, 0,29 dollar) qayd etilgan. Eng yuqori tarif - Qozog‘istonning Olmaota shahrida: har bir km uchun 0,68 dollar.

Umuman olganda, dunyoda taksi safarining eng arzoni Hindistonning Surat shahrida (1 km uchun 0,18 dollar), eng qimmati esa Shveysariyaning Syurix shahrida (4,46 dollar) hisobga olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.