Quyosh panellari ham qulay, ham samarali

Quyosh panellari ham qulay, ham samarali
Yurtimizda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha qator qulayliklar, soliq imtiyozlari yaratildi. Aynan bugun bu imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanayotgan xonadonlar soni ortmoqda.
Quyosh panellari ham qulay, ham samarali
Olimjon Yuldashev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shoxidon MFY da istiqomat qiladi. Byuroning To‘raqo‘rg‘on bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tushuntirishlardan so‘ng xonadoniga quyosh panelini o‘rnatdi.
Quyosh panellari ham qulay, ham samarali
Darhaqiqat, bugungi kunda Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlarida energotejamkor gaz jihozlari, quyosh pannelar o‘rnatish orqali tejamkorlik va samaradorlik yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishmoqda. Natijada, qisqa vaqt ichida olib borilgan targ‘ibot va tushuntirishlardan so‘ng 15 dan ortiq xonadonlarga turli quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi.
Quyosh panellari ham qulay, ham samarali
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.