O‘zbekistonda Koreya bilan hamkorlikda quruqlik portlari quriladi

O‘zbekistonda Koreya bilan hamkorlikda quruqlik portlari quriladi
Foto: Transport vazirligi
Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi va Janubiy Koreya Okeanlar va baliqchilik vazirligining Port investitsiyalar departamenti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar logistika infratuzilmasini yaratish va modernizatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqishdi.

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida quruqlik porti va ichki terminallarning qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. 2024 yil 9 avgustda boshlangan loyiha 13 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, 2025 yil 12 sentyabrda yakunlanadi.
O‘zbekistonda Koreya bilan hamkorlikda quruqlik portlari quriladi
Qayd etilishicha, loyihaning maqsadi ushbu hududlarda quruq portni rivojlantirish bo‘lib, bu mamlakatning logistika infratuzilmasini yaxshilashga yordam beradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.