Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 2 ta maktabga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 2 ta maktabga tashrif buyurdi
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 1-sonli umumta'lim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.
Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 2 ta maktabga tashrif buyurdi
Foto: “Zamin” fondi
Ziroat Mirziyoeva oʻqituvchilar va oʻquvchilar bilan suhbatlashdi, ularning yutuqlari haqida ma'lumot oldi, shuningdek, ta'lim muassasalarida oʻrnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini koʻzdan kechirdi.
Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 2 ta maktabga tashrif buyurdi
Foto: “Zamin” fondi
Fond koʻmagida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand boʻlishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlandi.
Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 2 ta maktabga tashrif buyurdi
Foto: “Zamin” fondi
Loyihaning barqarorligini ta'minlash maqsadida maktablarda UNICEF ekspertlari tomonidan suvni tejash, sanitariya va gigiena boʻyicha treninglar oʻtkazilmoqda.
Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 2 ta maktabga tashrif buyurdi
Foto: “Zamin” fondi
“Toza ichimlik suvi” loyihasini amalga oshirish doirasida kelgusida Qoraqalpogʻistonning yana 52 ta maktabida suv tozalash tizimlari oʻrnatiladi, bu esa bolalarning ta'lim olish sharoitlari va salomatligini yaxshilash imkonini beradi.
Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 2 ta maktabga tashrif buyurdi
Foto: “Zamin” fondi
Ziroat Mirziyoeva Nukus shahridagi 2 ta maktabga tashrif buyurdi
Foto: “Zamin” fondi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.