Rossiyalik jurnalist va uning hamrohi Toshkentdagi mehmonxonada sirli tarzda vafot etdi

Rossiyalik jurnalist va uning hamrohi Toshkentdagi mehmonxonada sirli tarzda vafot etdi
O‘zbekistonga ta’tilni o‘tkazish uchun kelgan jurnalist Inessa Papernaya va uning hamrohi mehmonxonadan jonsiz holda topilgan.

Fojia 20 oktyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Mehmonxonaga Inessa nomiga jo‘natma keladi. Xodimlar Papernaya va uning hamrohi bilan bog‘lana olishmaydi. Xona eshigi buzib kirilganda, ularni jonsiz holda topishadi.

Tergov holatni o‘rganmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, ular mehmonxona hovuzini tozalashdan keyin yuzaga kelgan botqoq gazidan bo‘g‘ilib qolishgan. Gaz ventilyatsiya tizimi orqali xonaga ko‘tarilgan. Boshqa mehmonlarning ahvoli hozircha noma’lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.