Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Rossiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda vazirlar Aleksey Chekunkov va Sergey Kravsov ham qatnashdi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi
Uchrashuv avvalida Dmitriy Chernishenko davlat rahbariga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va hukumat raisi Mixail Mishustinning salomini yetkazdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi
Jumladan, Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari faoliyati va O‘zbekistonda ularning yangi filiallarini ochish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Mamlakat hududlarining Rossiyaning Uzoq Sharqdagi hududlari bilan amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma \"yo‘l xaritasi\"ni qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish, qo‘shma madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.