Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vaziri Zokir Hasanov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb yozmoqda \"Qalampir.uz\" sayti.

Tashrif chog‘ida general-polkovnik Zokir Hasanov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi va qabriga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Ozarbayjon mudafaa vazirligi axborot sayti xabar berdi.

Ayni kunlarda ham xorij rasmiylari tomonidan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabrini ziyorat qilish davom etmoqda.

Vazirning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik va tomonlarni qiziqtiruvchi boshqa savollar muhokama qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.