84 mln. so‘m kreditni naqd to‘lashga to‘g‘ri keldi

84 mln. so‘m kreditni naqd to‘lashga to‘g‘ri keldi
Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini majburiy undirish to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.

Jumladan, Sudning TIF «Milliybank» AJ foydasiga \"O-D\" xususiy korxonasining 84 mln. so‘m kredit qarzi undiruvi to‘g‘risidagi ijro varaqasi byuroning G‘allaorol tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida ko‘rilgan keskin choralar natijasida korxona rahbari 84 mln. so‘m kredit qarzini naqd to‘lashga majbur bo‘ldi.

Korxona olgan krediti muntazam to‘lab borganida, ma’muriy jarima, davlat boji, ijro yig‘imi kabi ortiqcha to‘lovlar to‘lamagan bo‘lar edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.