Halima Ibragimova vafot etdi

Halima Ibragimova vafot etdi
Aktrisa Halima Ibragimova olamdan oʻtdi. Bu haqda \"Mirzo teatri\" a'zosi, qiziqchi Mirzabek Holmedovning oʻgʻli Ulugʻbek Holmedov xabar berdi.

Oʻlim sabablari haqida hozircha ma'lumot yoʻq.

Halima Ibragimova soʻnggi bor 25 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ogʻir betob boʻlgani haqida aytgandi. Halima Ibragimova 1979 yilda Toshkentda tugʻilgan, oilali, ikki farzandning onasi boʻlgan.

U koʻp yillar davomida Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi teatr-studiyada ishlagan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ijro etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.