Ai-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan saqlab turgan AYOQSHlarga chora ko‘rildi

Ai-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan saqlab turgan AYOQSHlarga chora ko‘rildi
“O‘zenergoinspeksiya” navbatlarga sabab bo‘layotgan Ai-80 avtobenzinni sotuvga chiqarmasdan o‘zida saqlab turgan AYOQSHlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Ai-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan saqlab turgan AYOQSHlarga chora ko‘rildi
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
Ayni kunlarda hududlarda Ai-80 markali avtobenzinga talab oshishi natijasida ko‘plab AYOQSHlarda navbatlar ko‘paygan. Inspeksiya xabarida qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYOQSHlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Andijon viloyatidagi “N.P.”, “N. O.”, “L.G.”, “S.O.” va “Sh.A.O.” MCHJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida birja savdolarida xarid qilingan Ai-80-markali avtobenzin hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmasdan saqlab turish hamda faoliyat ko‘rsatmayotgan shoxobchalarga yo‘naltirish kabi holatlar aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatining 15 dekabr kuni bildirishicha, Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan so‘nggi ikki kunda neft bazalardan avtobenzin mahsulotini maxsus tashuvchi transportlar orqali yetkazib berilishi bo‘yicha 50 dan ortiq AYOQSHda nazorat ishlari amalga oshirildi.
Ai-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan saqlab turgan AYOQSHlarga chora ko‘rildi
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
Ai-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan saqlab turgan AYOQSHlarga chora ko‘rildi
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
AYOQSHlarda neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan ham nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan shunday tadbir davomida “V.H.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ta’minotchi omboridan olib kelingan 3,7 tonna Ai-80 markali avtobenzin AYOQSH orqali sotilmasdan, ulgurji sotib yuborilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.