Hojatxona qogʻozlari bilan tabiatni ifloslantirgan bloger jarimaga tortildi

Hojatxona qogʻozlari bilan tabiatni ifloslantirgan bloger jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Jasjan» nomi bilan tanilgan bloger J.Sh. tomonidan Toshkent tumanida olingan hayot uchun xavfli holat aks etgan video tarqaldi.

U hojatxona qogʻozlaridan foydalanib kontent tayyorlagan va vayn tasvirga olingan hududda hojatxona qogʻozlarini qoldirib ketgan. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e\'tirozlariga sabab boʻldi.
Hojatxona qogʻozlari bilan tabiatni ifloslantirgan bloger jarimaga tortildi
Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻrganildi. Natijada J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bogʻliq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgan deb topildi.

Unga nisbatan Ma\'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 91-1-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

«J.Sh. tomonidan bunday huquqbuzarlik avval ham sodir etilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda va qat\'iy choralar koʻriladi. Shuningdek, huquqbuzarning hamrohlari shaxsiga aniqlik kiritilmoqda va ularga ham qonuniy chora koʻrilishi ta\'minlanadi», – deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.